Akkauntni o‘chirish

VIDEOXONA akkauntingizni va u bilan bog‘liq shaxsiy maʼlumotlarni istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin.

Ilovada

  1. VIDEOXONA ilovasini oching va «Профиль» bo‘limiga o‘ting.

  2. Ekranning pastki qismida «Удалить аккаунт» tugmasini bosing.

  3. «Понимаю, что аккаунт и покупки не вернуть» belgisini qo‘ying va «Удалить навсегда» tugmasini bosing. Akkaunt darhol o‘chiriladi.

Ilovaga kira olmasangiz

Ilovaga kiradigan Google pochtangizdan support@videoxona.uz manziliga «Akkauntni o‘chirish» mavzusida xat yozing. Telegram orqali kirsangiz, istalgan pochtadan yozing va botda ulashgan telefon raqamingizni ko‘rsating. Akkaunt sizniki ekanini tekshirib, uni 3 kun ichida o‘chiramiz va javob xatida xabar beramiz.

Nima o‘chiriladi

  • profil: ism, elektron pochta, telefon raqami va rasm;
  • kirish usullari (Google va Telegram akkauntlari bilan bog‘lanish), seanslar va qurilmalar ro‘yxati;
  • «Нравится» belgilari;
  • yuklab olingan videolarning kalitlari va sovg‘a qilingan hamda bepul videolar yozuvlari;
  • yuklab olingan videolar: shu telefondan darhol, boshqa telefonlardan ilova internetga ulanganda.

Nima saqlanib qoladi

To‘lovlar haqidagi yozuvlar: qaysi video, summa, sana, to‘lov usuli, holati, buyurtma va tranzaksiya raqami, foydalanuvchining ichki raqami, o‘tkazma bo‘lsa, xodim izohi. To‘lanmagan buyurtmalar bekor qilingan holda shu yerda qoladi. Ular buxgalteriya hisobi va to‘lovlar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun hisobot yilidan keyin kamida 5 yil saqlanadi. Ularda ism va kontaktlar qolmaydi, lekin to‘lov tizimi tranzaksiya raqami orqali to‘lovchini aniqlashi mumkin. Ichki raqam server jurnallarida ham qoladi.

Akkaunt o‘chirilgach, sotib olingan videolarni ko‘rish imkoni ham yo‘qoladi, akkauntni tiklab bo‘lmaydi. Xuddi shu Google yoki Telegram akkaunti bilan qayta ro‘yxatdan o‘tsangiz, bu oldingi xaridlarsiz yangi akkaunt bo‘ladi.

Batafsil maxfiylik siyosatida.